Katta biznesda nima g‘olib, kino sanoatimi yoki interaktiv o‘yinlar?
Har qanday biznesda pul asosiy ko‘rsatkichdir. Muayyan sohada moliya qanchalik ko‘p aylansa, u global doirada shunchalik katta va ahamiyatlidir. Daromad va valyutaning umumiy muomalasi foydalanuvchilarning sohaga qiziqishini yaqqol namoyon qiladi va kompaniyalar uchun yangi investorlarni jalb qilishga urinishda asosiy dalilga aylanadi.
Yuqoridagi qoida ko‘ngilochar media sohasida, shu jumladan o‘yinlarga ham tegishli. Ko‘pchilik kino bu sohada yetakchi degan yanglish fikr bildirishadi. Biroq, interaktiv o‘yinlar uzoq vaqtdan beri asosiy raqobatchisini ortda qoldirib, yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
2021 yilda o‘yinlardan tushgan umumiy daromad 180,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, kino sanoati atigi 21,4 milliard dollar ishlab topdi. Hali ham striming xizmatlari mavjud, biroq ularning raqamlarini qo‘shsangiz ham, interaktiv o‘yinlar yetakchi bo‘lib qolaveradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter