Qaysi mahsulotning arzonlashishi kutilmoqda?
Pandemiya sharoitida ishlash ham texnika bozorida muammolarni keltirib chiqardi. Ammo, oqibatlarni daf etish va inqirozdan chiqish ahvolni o‘nglashi mumkin.
Yaxshi videokartani ma’qul narxda sotib olish imkoni tug‘ilmoqda. ABF plyonkalar yetkazib berilishi ortishi hisobidan videokartalar narxi sezilarli darajada pasayishi mumkin, deya xaridorlarga xushxabar yetkazildi.
ABF plyonkalar ellik yil oldin ishlab chiqarilgan, ammo shuncha yil davomidagi taqchillik videokartalar narxini ko‘tarib yuborgandi. Endi esa ushbu mahsulotning ko‘p ishlab chiqarilishi va yetarlicha ta’minoti sharofatidan videokartalarni arzonroqqa sotib olamiz.
Yevropada grafik protsessorlarning ham narxi tushishiga umid katta. Yil avvalidanoq bunga asoslarni keltirishdi. Ammo ayrim texnik vositalar narxi avvaligdan ko‘tarilgani va yana ko‘tarilish ehtimoli borligini ham aytishyapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter