IT Savodxonlik: Mantiqiy amallar
Mantiq(logika) – bu “fikrlash ilmi” atamasiga mos keladi va “mulohaza” (so‘z, fikr, nutq, aql) degan ma’noni anglatadi. Shuningdek Mantiq — to‘g‘ri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan.
Mulohaza – bu rost yoki yolg‘onligi haqida so‘z yuritish mumkin bo‘lgan darak gapdir.
Misol uchun:
A = “Bugun 14 sentyabr”
B = “Bugun yomg‘ir yog‘yabti”
C = “15 ni 3 ga bo‘lsak 5 ga teng bo‘ladi”
D = “Everest - bu dunyodagi eng baland tog‘”
Mumkin emas:
1-qoida: So‘roq va undov gaplar mulohaza hisoblanmaydi. Biz quyidagi gaplarni mulohaza deya olmaymiz.
A = “Aziz bugun PDP ga kelasanmi?”
B = “Yashasin yangi yil bayrami!”
C = “Anvar sening yoshing nechada?”
2-qoida: Ba’zi jumlalarning rost yoki yolg‘onligini bir qiymatli
aniqlash mumkin emas.
A = “Lolaxon chiroyli qiz”
B = “Dasturlash qiyin kasb”
C = “Bugun havo yaxshi emas”
3-qoida: Shunday jumlalar ham borki, ularning tarkibida umumiy nomlar noma’lumlar ishtirok etadi.
A = “sin(x) + cos(x) = 0”
B = “x son y songa bo‘linadi”
C = “x Norin tumanining markazi”
Bilib oling!
Mantiqiy mulohazalar tuzilishi jixatdan asosiy ikki xil guruhga bo‘linadi va quydagicha ifodalanadi:
➢ Sodda mulohaza;
➢ Murakkab mulohaza.
Misol uchun
Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi.
A = “Aziz suzishga boradi”
B = “Aziz PDP Academyda foundation kursida o‘qiydi”
Misol uchun
Ikki va undan ortiq sodda mulohazalardan tashkil topgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi.
A = “Aziz PDP da o‘qiydi va suzishga ham boradi”
B = “Bugun qor yoki yomg‘ir yog‘ishi mumkin”
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter