Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT-huquq: Telekommunikatsiya tarmoqlarining qanday turlari mavjud?

IT-huquq: Telekommunikatsiya tarmoqlarining qanday turlari mavjud?

Foto: "Mediasat.info"

Savol: Telekommunikatsiya tarmoqlarining qanday turlari mavjud?

Javob: “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasida bu haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Telekommunikatsiya tarmoqlari belgilangan maqsadiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga bo‘linadi.

Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq to‘lashning tartibi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘i umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ida telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish qoidalari telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring