IT-huquq: «Bir darcha» prinsipi nima?

Savol: «Bir darcha» prinsipi nima?
Javob: Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organi bunday xizmat ko‘rsatish uchun boshqa davlat organlarida mavjud bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olishi talab etiladigan hollarda elektron davlat xizmati ko‘rsatish «bir darcha» prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bunda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organi mazkur hujjatlar va ma’lumotlarni mustaqil ravishda, ariza beruvchining ishtirokisiz idoralararo elektron hamkorlik qilish vositasida oladi.
Mazkur me’yorlar "Elektron hukumat to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi bilan asoslantirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter