Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 14 smartfonlariga GPSdan ham aniqroq Beidou navigatsiya chipi o‘rnatiladi

iPhone 14 smartfonlariga GPSdan ham aniqroq Beidou navigatsiya chipi o‘rnatiladi

https://scitechdaily.com

Ma’lum qilinishicha, iPhone 14 smartfonlarini ommaviy ishlab chiqarish uchun zaruriy qismlarni yetkazib berish ishlari kelasi oydan boshlanadi. Xitoy iyul oyida iPhone 14 uchun Beidou global sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimini yaratishni e’lon qildi. Beidou-3 global bilan joylashuv aniqligi 10 metrdan, tezlikni o‘lchash aniqligi esa 0,2 m/s dan oshadi va sinxronizatsiya xizmati 20 nanosekundni tashkil etadi.

Hozirda Xitoyda ba’zi avtomobillar va mobil telefonlarga Beidou chipining o‘rnatilishi majburiy bo‘lib qoldi. Ushbu chip GPS va boshqa joylashuvni aniqlash tizimlariga qaraganda yuqori aniqlikka ega ekanligi xabar qilingan. Endilikda iPhone 14 smartfonlariga ham Xitoyda Beidou navigatsiya chipi o‘rnatiladi.

Mazkur yangilik iPhone foydalanuvchilariga real vaqt rejimida ultra aniq navigatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga, Apple konfiguratsiyasi yaxshilangani hamda materiallar va xizmatlar narxi oshishi tufayli yangi smartfonlar bahosi ham oshirilishini ma’lum qildi.

Agar hammasi rejadagidek ketsa, Apple joriy yilning sentyabr oyida yangi smartfonlarni taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring