Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Internetdagi izohlarni chop etishdan avval tekshirishga oid qonun qabul qilindi

Internetdagi izohlarni chop etishdan avval tekshirishga oid qonun qabul qilindi

Foto: "Vectorstock.com"

Xitoy hukumati qabul qilgan yangi qonunga ko‘ra barcha saytlarda foydalanuvchilar qoldirgan izohlar oldindan tekshirilishi va chop etish tasdiqlanishi shart.  

Endi sayt moderatorlari o‘quvchilar yozib qoldirgan fikr-mulohazalarni o‘qib chiqadilar. Agar ma’qul topsalar, saytga chiqaradilar. Qonunga xilof va shubhali izohlar esa davlat administratsiyasiga taqdim etiladi.

Shuningdek, saytda o‘z mulohazalarini yozib qoldirayotgan foydalanuvchi shaxsini oshkor etishi, bu haqida tegishli bandlarda ma’lumot qoldirishi ham talab etiladi.

O‘tgan yili mamlakatda voyaga yetmaganlarga videoo‘yinlarni faqat dam olish kunlari o‘ynashga ruxsat beruvchi qonun qabul qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring