Inha universiteti talabalari Dubaydagi tanlovda 136 ming dollar yutib olishdi
2023-yil 13-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan tashkil topgan «IUT ENGINEERS» jamoasi BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan «World Government Summit 2023» doirasida o‘tkazilgan nufuzli «Global Best M-GOV» tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etdilar.
«IUT ENGINEERS» jamoasi Toshkent shahridagi Inha universitetining besh nafar talabasidan iborat: Javohir Shomuratov, Azizullo Temirov, Valisher Alisherov, Xusan Rashidov va Mehrol Bazarov. Talabalar «Global Best M-GOV Award» tanlovida 1027 ta jamoa orasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladilar va «Don’t waste» loyihasi bilan sovrin jamg‘armasi 136 000 AQSh dollari bo‘lgan pul mukofotini qo‘lga kiritdilar.
«Don’t waste» mobil ilova bo‘lib, foydalanuvchi tez va oson yordamga muhtojlarga turli yordamlar berish, jumladan, oziq-ovqat ehson qilish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Shuningdek, foydalanuvchilar fermerlarga chorva mollarini boqishlari uchun oziq-ovqat chiqindilarini ulashishlari ham mumkin. Ushbu xususiyatlar bilan «Don’t waste» ilovasi oziq-ovqat chiqindilari va issiqxonalar salbiy ta’sirining oldini olish kabi muammolarga yechim bo‘la oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter