Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Frilanserlik ortidan qancha pul topish mumkin?

Frilanserlik ortidan qancha pul topish mumkin?

Foto: tcblog.ru

Frilancer (inglizcha freelancer) – erkin ishchi atamasi ilk bor Vallter Skottning Ayvengo romanida o‘rta asrlardagi “yollanma jangchi”ni tasvirlash uchun ishlatilgan.

Amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan har qanday yaxshi mutaxassis frilanserlik bilan shug‘ullana oladi. Jumladan, fiziklar, muhandislar, texnologlar, jurnalistlar, kopirayterlar, dizaynerlar va h.k. Ya’ni, faqat IT mutaxassislarigina frilanserlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin, degan tushuncha noto‘g‘ri.

Xo‘sh, frilanserlik ortidan qancha pul topish mumkin?

Frelancehunt platformasida faoliyat yuritadigan 30.000 ta frilanserlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, mutaxassislarning 1 soatlik ish stavkasi quyidagicha:

Mobil interfeys dizayneri – 14$, interfeys dizayneri – 11$, web dizayner – 10$, 3D dizayner – 10$, poligrafiya dizayneri – 9$, logotip dizayneri – 9$, ijtimoiy tarmoqlar dizayneri - 7$;

iOS dasturchi – 19$, o‘yinlar dasturchisi –18$, android dasturchi – 15$, phyton dasturchi – 15$, Java dasturchi – 13$, PHP dasturchi – 11$;

Shuningdek, matnlar bilan ishlovchi frilanserlar: ingliz tiliga tarjima – 4$, texnik hujjatlar – 4$, kopirayting – 3$.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring