Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston raqamli texnologiyalarga qanchalik tayyor? – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hisoboti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalarga qanchalik tayyor?  – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hisoboti bo‘lib o‘tdi

4 mart kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining «O‘zbekistonning raqamli texnologiyalarga tayyorligi va iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir boshida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamol Maxsudov, YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Vrenios Drakinos, Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori Muzaffar Jalalov, «StrategEast» strategik markazi prezidenti Anatoliy Motkin tabrik so‘zlari bilan chiqdi.

Hisobotda ma’ruzachilar raqamli kelajakni rivojlantirayotgan mamlakatlar duch keladigan muammolarga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov o‘z hisobotida IT Park rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 2,5 trln. so‘mni, xizmatlar eksporti hajmi esa 46 mln so‘mni tashkil etayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, rezidentlar eksportining 83,2 foizi AQShga, qolgan qismi Buyuk Britaniya, Koreya, MDH va BAAga to‘g‘ri kelayotgani haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, u 2022 yil oxirigacha eksport hajmi 80 million AQSh dollarini tashkil etishini qo‘shimcha qildi. Bundan tashqari, berilayotgan imtiyozlar tufayli IT Park rezidentlari qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratib, mamlakatimizda IT mutaxassislar safini ko‘paytirmoqda. Demak, 2021 yil yakuniga ko‘ra, rezidentlar tashkil etgan korxonalarda 9850 kishi ish bilan ta’minlangan.

YeTTBning o‘tish davri ta’siri va global iqtisodiyot departamenti katta iqtisodchisi janob Erik Livni so‘nggi ikki yil butun dunyo uchun oson bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi, biroq amaliyot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston bu inqirozdan katta tashqi qarzlarni yig‘may, munosib tarzda chiqib ketdi.

Tadbir yakunida iqtisodiy ko‘rsatkichlar va O‘zbekistonning raqamli texnologiyalarga tayyorligiga bag‘ishlangan ekspertlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring