Endilikda Tesla mashinada o‘yin o‘ynashga yo‘l qo‘ymaydi
Agentlikning ta’kidlashicha, Tesla kompaniyasi tomonidan yangilangan dasturiy ta’minot avtomobil haydash vaqtida o‘yin o‘ynash funksiyasini o‘chirib qo‘yishi haqida ma’lum qilgan.
Ilon Maskning avtomobil firmasi bu xususiyat xavfli ekanligi haqida tanqidlarga uchragan edi.The New York Times nashrining xabar berishicha, Tesla AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan bevosita bog‘langan.
“Passenger Play endi transport vositasi harakatlanayotganda qulflanadi va undan foydalanib bo‘lmaydi”, — dedi agentlik OAV lariga bergan bayonotida.
Ammo Tesla kompaniyasining o‘zi bu borada hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi.AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shu hafta boshida o‘tkazgan reyd natijalariga ko‘ra, Passenger Play haydovchini chalg‘itishi va halokat xavfini oshirishi mumkinligini aytdi.Agar avtomobilning sensorli ekranida o‘yin o‘ynayotgan shaxsning yo‘lovchi ekanligi tasdiqlansa va haydovchi undan foydalanmasa mashinada bemalol o‘yin o‘ynash mumkin.
Dastlab bu funksiyadan faqat mashina harakatsiz holatda turganida foydalanish mumkin edi, biroq 2020 yil dekabr oyida avtomobil harakatlanayotganda o‘yin o‘ynashga ruxsat berilgan edi.Avtomobil boshqarayotganda o‘yin o‘ynash oqibatidagi o‘zgarishlarni Tesla kompaniyasiningrahbari Vins Patton payqadi va u AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga shikoyat qilib, buni "ehtiyotsiz va beparvolik" deb ta’rifladi.
AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ham Passenger Play haydovchini chalg‘itishi va avariya xavfini oshirishi mumkinligini ta’kidladi.Uning ko‘rsatmalarida aytilishicha, avtomobil ichidagi qurilmalar haydovchi tomonidan mashina haydash vaqtida chalg‘ituvchi ikkinchi darajali vazifalarni bajarishda foydalana olmasligi uchun o‘chirilishi kerak.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter