Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo IT bozori tendensiyalari

Dunyo IT bozori tendensiyalari

itok.com

TrendForce tahliliy kompaniyasi 2022 yilda axborot texnologiyalari sanoatining turli segmentlarida o‘zini namoyon qilishi kutilayotgan asosiy tendensiya prognozini taqdim etdi.

Micro LED va mini LED displeylarni ishlab chiqishda faol matritsali yechimlarga e’tibor qaratiladi.

2022 yilda micro LED va mini LED displeylarni yaratishda faol matritsali yechimlarga e’tibor qaratiladi, biroq texnik muammolarning ko‘pligi sababli bunday displeylarni ishlab chiqarish hali ham ancha qimmatga tushadi.

Eng ilg‘or  AMOLED texnologiyasi va displey ostidagi kameralar smartfon inqilobini keltirib chiqaradi.

AMOLED panellarining asosiy xususiyati og‘irlik va energiya tejamkorligiga ega buklanadigan konstruksiyaga egaligi bilan ajralib turadi. TrendForce buklanadigan telefonlar 2022 yilda 1 foiz, 2024 yilda esa 4 foizdan ko‘proqni tashkil etadi deb hisoblamoqda.

Yarimo‘tkazgich ishlab chiqarishda 3 nm standartlarni ishlab chiqish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

TrendForcening taxmin qilishicha,  TSMC kompaniyasi  FinFET tranzistor texnologiyasidan foydalanishni davom ettiradi Samsung esa  GAAga o‘tadi.

DDR5 xotirasini ommaviy ishlab chiqarishga start berish.

Uchta dominant DRAM sotuvchisi (Samsung, SK Hynix va Micron) nafaqat keyingi avlod DDR5 mahsulotlarini ommaviy ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich boshlaydi, balki 5G smartfonlariga bo‘lgan talabga javoban smartfon bozoriga LPDDR5 kirib borishini oshirishda davom etadi. Saqlash interfeyslari nuqtai nazaridan, tahlilchilar PCIe Gen4 larning bozor ulushi 2022 yilda iste’molchi shaxsiy kompyuter segmentida keskin o‘sishini kutishmoqda. Server segmentida, PCIe Gen4 ni qo‘llab-quvvatlovchi Intel Eagle Stream protsessorlari ommaviy ishlab chiqarishga kirganda, ushbu interfeysni qo‘llab-quvvatlovchi mahsulotlar ham bo‘ladi.

Mobil operatorlar 5G SA tarmoqlari va past kechikishli ilovalarni segmentlash uchun ko‘proq pilot loyihalarni ishga tushirishadi.

2022 yilga kelib, korxonalar ehtiyojlariga javoban, yirik va muhim IoT ilovalari paydo bo‘ladi. Xususan, IoT ning muhim ilovalariga telemeditsina, yo‘l harakati xavfsizligi va sanoatni avtomatlashtirish kiradi.

Sun’iy yo‘ldosh aloqasi

Sun’iy yo‘ldosh operatorlari LEO sun’iy yo‘ldosh bozorida raqobatlashadilar va 3GPP o‘zining Release 17 Protocol Coding Freeze standartida yer usti bo‘lmagan tarmoqlarni o‘z ichiga oladi.


Raqamli ishlab chiqarish

Aqlli zavodlar raqamli tizimlarni erta qabul qilgan bo‘lsa-da, TrendForce IoT texnologiyalari "metaborliq" ning asosiga aylanishini kutmoqda.

2022 yilda IoT ning rivojlanishi oqibatida  5G texnologiyani o‘z ichiga olgan CPS (kiberfizik tizimlar)ga e’tibor qaratiladi, negaki ular prognozlash uchun ulkan ma’lumotlar oqimlaridan qimmatlilarini ajratib oladi va tahlil qiladi.

Avtomatlashtirilgan avtoturargoh

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, avtonom haydash texnologiyasining davomchisi sifatida avtomatlashtirilgan to‘xtash joyi 2022 yilda yuqori darajadagi avtomobillar uchun juda qimmatli qo‘shimcha bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring