Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng kuchli Android-smartfon

Dunyodagi eng kuchli Android-smartfon

Foto: Mobidevices.com

iQOO brendi Neo 8 Pro smartfonini taqdim etdi. U eng kuchli Android-apparat, deya e’tirof etilmoqda. Ushbu model maxsus testda 1 363 206 ball oldi. Shu bilan ASUS ROG Phone 7 o‘yin smartfonini quyiga tushirib qo‘ydi.

ROG Phone 7 ham old o‘rinda bo‘lib, uning balli birinchi o‘rindagi smartfon bilan 33 205 ballga farqlanadi.

Neo 8 Pro 6,78 dyuymli AMOLED ekran, UFS 4.0 - saqlagich, Dimensity 9200+ protsessori, LPDDR5X operativ xotiraga ega. Batareya sig‘imi   5000 mAs. Asosiy kamera 50 Mp., old kamera 16 Mp. Operatsion tizimi Android 13.

Shu yil 23 martda Xitoyda cotuvga chiqadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring