Bitkoin bir kun ichida 8,3 foiz yo‘qotdi

Fevral oyi o‘rtalarida asosiy kriptovalyuta 25 000 dollardan oshdi, ammo o‘sha paytdan beri orqaga qaytish kuzatildi, buning natijasida bitkoin bu yil boshidagi nuqtaga qaytdi.
Bugun, 10-mart kuni bitkoin bir kun ichida 8,3 foiz yo‘qotib, 20 000 dollardan pastga tushdi. Ertalab kurs 19 800 dollarni tashkil etgan edi. Shuni ta’kidlash kerakki, bir necha oy davomida bitkoin aynan shu diapazonda suzib yuribdi.
Bu fonda dollar indeksi allaqachon 105,277 gacha mustahkamlangan, deya xabar berdi TradingView. Ushbu indeks va bitkoin kursi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud: biri ko‘tarilsa, ikkinchisi tushadi. Mutaxassislarning fikricha, agar 19 700 dollarlik qo‘llab-quvvatlash zonasi ishlamasa, bitkoin yanada pastga tushishi mumkin.
Ethereum narxi kuniga 9,1 foizga va oxirgi haftada 11,2 foizga tushdi: kurs 1 393 dollarni tashkil etadi.
Agar birja indekslari narxi tushishda davom etsa, kriptovalyuta bozori qulashdan to‘xtamaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter