Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Alisa» yangilandi, unda yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

«Alisa» yangilandi, unda yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Foto: "yandex.ru"

Yandeks «Alisa»  ovozli yordamchisiga funksiya qo‘shdi, uning yordamida eslatma o‘rnatishingiz, saytdagi matnni ovoz chiqarib o‘qish va dastur opsiyalariga tezkor kirish huquqini berishingiz mumkin.

Ovozli o‘qish funksiyasi «Alisa, prochitay stranitsu» buyrug‘i bilan faollashtiriladi. «Alisa»  tez-tez ishlatiladigan funksiyalarga ham tezkor kirish imkoniyatiga ega, masalan, «Alisa»  oynasida musiqa tinglash va sevimli treklaringizni almashtirishingiz mumkin.

Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar ovozli yordamchining interfeysi o‘zgarganini ta’kidlamoqda. Endi u turli kontentga moslasha oladi va smartfon ekranida ko‘proq joy qoldiradi. «Alisa» oynasidan assistent bilan chatga yoki aqlli kameraga o‘tishingiz mumkin.

«Alisa ajralmas shaxsiy yordamchiga aylanib bormoqda - millionlab foydalanuvchilar unga har kuni Yandeks mobil ilovalarida yordam so‘rab murojaat qilishadi. Bu aqlli kamera yordamida ma’lumot topish, hujjatlarni tarjima qilish va yo‘lda yangi narsalarni o‘rganishga yordam beradi. Alisa bilan suhbatlashish juda yoqimli», – deydi Yandeks va Yandeks brauzer rahbari Dmitriy Timko.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring