Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

30 mingta xodim va 300 ta kompaniya elektromobillar rivoji uchun kurashadi

30 mingta xodim va 300 ta kompaniya elektromobillar rivoji uchun kurashadi

Foto: "3dnews.ru"

Janubiy Koreya elektromobillar ishlab chiqarishga 66 milliard dollar mablag‘ ajratdi. 2030 yilgacha elektrda yuradigan mashinalar 10 barobar oshishi kutilmoqda.

O‘tgan yili mamlakatda 254 mingta elektromobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2030 yilgacha ushbu raqamni 3,3 millionga yetkazmoqchilar. Shunda bozorning 12 foizini Janubiy Koreya egallaydi.

Bu natijaga erishish uchun 2026 yilgacha asosiy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish rejalashtirildi. Hozirda bu uchun resurslar tayyorlanmoqda, bu sohadagi kadrlar sonini 30 mingtaga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Mazkur masala bilan shug‘ullanishga mamlakatdagi 300 ta kompaniya jalb etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring