Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yil boshidan beri qaysi smartfonlarning bozori chaqqon bo‘ldi?

Yil boshidan beri qaysi smartfonlarning bozori chaqqon bo‘ldi?

Foto: Ixbt.com

Omdia tahliliy kompaniyasi joriy yilning birinchi yarmidagi eng ommabop smartfonlar sotuviga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni 26,5 million dona sotilgan iPhone 14 Pro Max egalladi. Ikkinchi o‘rinda uning kichikroq versiyasi – iPhone 14 Pro turibdi va u 21 million dona sotilgan.

Hozirgi liniyaning standart modeli iPhone 14 esa 16,5 million dona sotilgan. O‘tgan yilgi iPhone 13 jami 15,5 million dona sotilgan holda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Keyingi beshta o‘rin Galaxy smartfonlari tomonidan band etilgan bo‘lib, ulardan faqat bittasi flagman modelidir. To‘rt yil oldin chiqarilgan iPhone 11 o‘ntalik ro‘yxatning oxirida turibdi.

Bu yilning birinchi yarim yilidagi eng yaxshi 10 smartfon:

iPhone 14 Pro Max (26,5 mln)

iPhone 14 Pro (21 mln)

iPhone 14 (16,5 mln)

iPhone 13 (15,5 mln)

Galaxy A14 (12,4 mln)

Galaxy S23 Ultra (9,6 mln)

Galaxy A14 5G (9 mln)

Galaxy A54 5G (8,8 mln)

Galaxy A35 5G (7,1 mln)

iPhone 11 (6,9 mln). 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring