Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AnTuTu benchmarkining Android-smartfonlar uchun reytingida o‘zgarishlar katta

AnTuTu benchmarkining Android-smartfonlar uchun reytingida o‘zgarishlar katta

Red Magic 9 Pro+

Foto: Kimovil

AnTuTu benchmarki jamoasi Android asosidagi eng kuchli flagman smartfonlarning an’anaviy oylik reytingini e’lon qildi.

2023-yilning noyabr reytingida o‘zgarishlar jiddiy — nafaqat yetakchi almashdi, boshqa o‘rinlar ham yangilandi.

Benchmarkning oktyabr reytingida yangi Qualcomm Snapdragon 8 Gen3 platformasi o‘rnatilgan Xiaomi 14 va Xiaomi 14 Pro katta farq bilan boshqalarni ortda qoldirib, qo‘shhokimlik qilgan bo‘lsa, noyabr oyida ularga 7 va 6-o‘rinlar nasib etdi, xolos.

Reyting cho‘qqisiga yana bir Snapdragon 8 Gen3 o‘rnatilgan flagman — Red Magic 9 Pro+ ko‘tarildi. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarda — Vivo X100 (MediaTek Dimensity 9300) va iQOO 12 (Snapdragon 8 Gen3). 

Keyingi o‘rinlarda: iQOO 12 Pro, Vivo X100 Pro, Xiaomi 14 Pro, Xiaomi 14, OnePlus 11S, OnePlus Ace 2 Pro va Vivo X90 Pro+.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring