"Urush va tinchlik" eng mashhur elektron kitobga aylandi
Lev Tolstoy qalamiga mansub "Urush va tinchlik" so‘nggi bir yil ichida mumtoz adabiyotning eng mashhur asariga aylandi.
"Urush va tinchlik" turli formatlarda o‘tgan yil davomida sayt foydalanuvchilari tomonidan 74 ming martadan ko‘proq yuklab olingan. Ikkinchi o‘rinni 64 000 marta yuklab olingan "Jinoyat va jazo" (Fedor Dostoyevskiy) romani egalladi. Uchinchi o‘rin "Anna Karenina" (Lev Tolstoy)ga nasib etdi, u 62 ming martadan ko‘proq yuklab olingan.
Reytingda Mixail Bulgakovning "Morfin" qissasi to‘rtinchi, Dostoyevskiyning "Telba" romani esa beshinchi o‘rinni egalladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter