Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Startaplarimiz dunyoda e’tirof etilmoqda!

Startaplarimiz dunyoda e’tirof etilmoqda!

O‘zbek startapi Coozin yaqinda CNNning "Marketplace Central Asia" dasturida taqdim etildi! 

Coozin - korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan ovqat tayyorlash va yetkazib berish xizmatidir. Ushbu innovatsion texnologik startapni Murod Husanov 2020-yilda tashkil qilgan. Coozin nafaqat keytering xizmatini taklif etadi, balki ayollar uchun o‘quv kurslarini ham tashkil qilib, ularni professional va shaxsiy rivojlanishga ilhomlantiradi.  

Bu e’tirof bizning mahalliy startaplarimiz uchun faxrli lahza bo‘lib, O‘zbekistonning tadbirkorlik ekotizimining ulkan salohiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. 

Coozinni qo‘llab-quvvatlang va O‘zbekiston startap hamjamiyatining yana ko‘plab ilhomlantiruvchi muvaffaqiyat hikoyalari bilan tanishing!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring