Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi bilan memorandum imzolandi

Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi bilan memorandum imzolandi

Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari O. Umarov Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Kanish Tuleushin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda sohada o‘zaro hamkorlikning muhimligi e’tirof etilib, davlat sektorida axborot texnologiyalarini joriy etish, raqamli transformatsiya bilan bog‘liq davlat boshqaruviga yondashuvdagi o‘zgarishlar borasida o‘zaro fikrlar almashildi.

Shu bilan birga, raqamli boshqaruvni rivojlantirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida yuqorida muhokama etilgan masalalarni hisobga olgan holda raqamli transformatsiya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring