O‘zbekistonning IT-eksporti hozirda 78 ta mamlakatni qamrab olmoqda!
IT-xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar soni 936 taga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 170 foizlik sezilarli o‘sish qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yil yakuniga ko‘ra barcha IT Park rezidentlarining sonining yarmidan ko‘pini tashkil etadi.
Hududiy IT-eksport hajmi o‘tgan yilning 3-choragiga nisbatan 374 foizga oshdi.
2024-yilning 3-choragiga kelib, 52 ta davlatdan 200 dan ortiq xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar tashkil etildi, shulardan 89 tasi hududlarda joylashgan — bu oyiga o‘rtacha 25 ta yangi xorijiy kompaniya ochilganini anglatadi.
IT Park rezidentlari tomonidan jami 10 000 ta yangi ish o‘rni yaratildi, natijada umumiy bandlik 36 300 kishiga yetdi. Shundan 17 000 nafari eksportga yo‘naltirilgan lavozimlarda faoliyat yuritmoqda.
Startaplarning umumiy investitsiyalar hajmi 141 million dollardan oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter