O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi
O‘zbekiston terma jamoasi Misrda o‘tkazilgan informatika bo‘yicha 36-xalqaro olimpiadada qatnashdi. Jamoa a’zolari 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan olimpiadada sovrinli o‘rinni egallashdi.
Olimpiadada terma jamoamiz vakili Mardon Hazratov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Asilbek Sunnatov esa "Honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Terma jamoalarni tayyorlashda TATU universiteti Sport dasturlash yo‘nalishida ko‘zga ko‘ringan murabbiylar va talabalar ham jalb etilgan. Xususan, TATU doktoranti Sunatullo Hojiyev, TATU talabasi Miroqilov Davlatbek va boshqalar shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, IOI olimpiadasi 2026-yil ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Unda 100 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Bugungi kunda ushbu olimpiadani yuqori darajada o‘tkazish uchun tayorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter