Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kipr Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili bilan samarali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Kipr Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili bilan samarali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov Kipr Savdo-sanoat palatasi rahbariyati hamda Cyprus Invest direktori o‘rinbosari hamrohlik qilgan Kipr Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida samarali hamkorlik istiqbollari hamda oldinga qo‘yilgan aniq maqsadlar muhokama qilindi. Kipr delegatsiyasi, jumladan, O‘zbekistonning so‘nggi yillarda iqtisodiy jadal rivojlanishini e’tirof etdi.

Vazir Sh. Shermatov chet el kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishini osonlashtiruvchi “Zero risk” va “Enterprise Uzbekistan” dasturlari haqida gapirdi.

Shuningdek, iqtisodiyotning AKT sohasi yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlarni yuqori maoshli ishlar bilan ta’minlashda muhim drayver ekanini ta’kidlandi.

Vazir IT Park faoliyati, soliq imtiyozlari, rezidentlar sonining o‘sishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, Kipr Respublikasi bilan barcha muhim sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Kipr Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi K. Yorgallisu ham Kipr Respublikasi hukumatining AKT sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring