“ICT WEEK—2023” haftaligi yoxud “ICT EXPO—2023” ko‘rgazmasidan eksklyuziv lavha (+video)
24–27-oktyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan AKT haftaligi doirasida yangidan-yangi startap loyihalar hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini o‘zida mujassam etgan ICT EXPO ko‘rgazmasi ham tashkil etilganligi haqida avvalgi xabar va lavhalarimizda ham ma’lum qilgan edik.
Aytish joizki, IT startaplar xiyobonida 72 ta startap namoyish etilgan bo‘lib, ulardan 42 tasi IT-Park rezidentlari va 30 tasi “Plug and Play” dasturlari ishtirokchilaridir.
Shuningdek, mazkur ko‘rgazmada ishtirokchilar tomonidan tashrif buyuruvchilarga IT-ta’lim, startap ekotizimini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport va rezidentlik maqomini olish bo‘yicha tashkilot tomonidan taqdim etilayotgan tashabbus va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Qolaversa, ko‘rgazmada O‘zbekiston bozoridagi faol investorlar, shuningdek, IT-hamjamiyatni rivojlantirish hamda startaplar va investorlar o‘rtasidagi hamkorlikka ko‘maklashishga bag‘ishlangan tadbirlar jadvalini o‘z ichiga olgan qimmatli ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tish va ulardan foydalanish imkoniyati ham taqdim etildi.
Bu hali hammasi emas, yaxshisi, minglab xabarlarni o‘qigandan ko‘ra, bu yilgi ICT EXPO ko‘rgazmasidan tayyorlangan ekskluziv lavhani bir marta tomosha qiling.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter