“Google” va “StrategEast” tomonidan tashkil etilgan “Build with AI for Sustainable Growth” dasturi doirasida xakaton bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi K.Sobirova “Build with AI for Sustainable Growthye” tadbirida ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda 21 ta jamoa o‘z startap loyihalarini taqdim etdi. O‘zbekiston nomidan "Aqqliscan" loyihasi qatnashdi. Shuningdek, 3 nafar g‘olibga jami 8 000 AQSh dollari miqdorida grant ajratildi. Xakaton ishtirokchilari barqaror rivojlanish uchun o‘z loyihalarini yoki tayyor mahsulotlarini taqdim etdi.
Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyadan saralab olingan eng yaxshi dasturchi jamoalar ishtirok etdi. Bundan tashqari, startap loyihalar investorlar tomonidan qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: "Google" va "StrategEast" tomonidan tashkil etilgan "Build with AI for Sustainable Growthye" tadbiri Kavkaz va Markaziy Osiyodan kelgan innovatorlar tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or sun’iy intellekt yechimlarini namoyish etishga qaratilgan oflayn konferensiyadir. Tadbir sun’iy intellekt orqali innovatsiyalar va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori martabali hukumat amaldorlari, soha rahbarlari va innovatorlarni birlashtiradi.
Tashabbus mintaqadagi mutaxassislar o‘rtasida texnologik hamkorlikni kuchaytirib, sun’iy intellektni milliy iqtisodiy strategiyalarga integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratdi. Yopilish marosimi Ostonada bo‘lib o‘tdi, ishtirokchilar o‘z yechimlarini taqdim etishdi va g‘oliblar aniqlandi. Ular iqlim o‘zgarishi, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalaridagi innovatorlar bo‘lishdi.
Bu tashabbus mintaqamizning texnologik rivoji va global muammolarni hal qilishda ulkan qadamdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter