Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng “aqlli” avtomobillar e’lon qilindi (ro‘yxat)

Eng “aqlli” avtomobillar e’lon qilindi (ro‘yxat)

Xitoyda 2022 yilning eng yaxshi avtomobili maqomiga ega bo‘lgan Li Auto L7 endi eng “aqlli” avtolar ro‘yxati yetakchisiga aylandi.

Foto: iXBT

J.D. Power nashri Xitoy avtomobillar bozori reytingini tuzdi. Chin yurti avtobozorini amerikaliklar, yevropaliklar, osiyoliklar, xullas, barcha zabt etishga urinayotgani nuqtai nazaridan ham “aqlli” avtomobillar reytingi biz uchun ham qiziq. Biroq yakunda uloq baribir mahalliy brendlarda ketgani esa hayratlanarli.

Umumiy reyting (elektromobillar, ichki yonuv dvigatelli va gibrid avtolar) yetakchilari — Li Auto, Xpeng va Zeekr. Keyingi o‘rinlarda — Nio, Aito (Seres va Huawei hamkorligidagi brend) va Tesla.

Xitoy elektromobillar ommaviy bozoridagi eng “aqlli” mashinalar reytingi.

Xorijlik avtomobilsozlar faqat bir yo‘nalish — ichki yonuv dvigatelli avtomobillar premium-toifasi yetakchisi bo‘lishdi. Birinchi o‘rinda — Mercedes-Benz (574 ball), keyingi o‘rinlarda — Lincoln (557 ball) va BMW (545 ball).

Ichki yonuv dvigatelli mashinalar ommaviy bozori to‘lig‘icha xitoyliklarning qo‘lida. Yetakchi — Lynk & Co (559 ball), ta’qibchilar — Tank (545 ball) va GAC Trumpchi (543 ball).

Xitoy IYoD avtomobillar ommaviy bozoridagi eng “aqlli” mashinalar reytingi.

Premium-segmentning “aqlli”lar reytingini Xitoyning Nio brendi (629 ball) boshqarmoqda. Ta’qibchisi — BMW (566 ball) ancha ortda qolib ketdi.

Avtomobillarning “intellektualligi” 1000 balli tizimda baholandi. TXI indeksi ikki ko‘rsatkichdan shakllantiriladi: xaridorlarning elektron yordamchilar ishidan qanoatlanish darajasi hamda ushbu texnologiyalarning nechog‘liq ommalashganligi.

2023-yilda avtomobillar bozorida TXI umumiy indeksi 23 ballgacha oshib, rekord 528 ballga yetdi. An’anaviy avtolarga qaraganda elektromobillar (556 ball) va gibrid (519 ball)larning “aqli tez kirmoqda”.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring