Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaning 3 ta kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofislarini ochmoqchi

Yaponiyaning 3 ta kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofislarini ochmoqchi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan IT sohasidagi hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya forumi sanoat yetakchilari, investorlar va mutaxassislarni raqamli o‘zgarishlar, innovatsiyalar va investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilish uchun bir joyga to‘pladi.

"Qo‘shma loyihalar va tajriba almashish O‘zbekiston va Yaponiyaga jahon IT bozoridagi o‘z mavqeyini mustahkamlash imkonini beradi.

Hamkorligimiz dinamikasi ushbu salohiyatni tasdiqlaydi: 2023-yilda IT Parkda atigi bitta yaponiyalik rezident kompaniya bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yil oxiriga kelib ularning soni 10 taga yetdi, ulardan uchtasi allaqachon IT xizmatlarini eksport qilmoqda. 

Bundan tashqari, 2024-yilda IT Parkning 5 ta rezident kompaniyasi Yaponiyaga o‘z xizmatlarini eksport qilishni boshladi," — deb ta’kidladi IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchkarov.

Tadbir yakunida Yaponiyaning 3 ta kompaniyasi o‘z biznesini yangi bozorlarga kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda o‘z ofislarini ochishga qiziqish bildirdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston va Yaponiyaning axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar va investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochish istagini namoyon etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring