Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT kompaniyalarni Surxondaryoga jalb qilamiz

IT kompaniyalarni Surxondaryoga jalb qilamiz

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va IT kompaniyalar uchun qulay biznes muhitini yaratish yo‘nalishida muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda IT Park yangi binosi imkoniyatlaridan foydalangan holda, viloyatda IT xizmatlar eksportni oshirish, yirik xorijiy IT kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokoma qilindi.

Ushbu tashabbus hududda zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish, yosh dasturchilar va IT mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Shuningdek, uchrashuvda IT infratuzilmasini yanada takomillashtirish, zamonaviy ofis va laboratoriyalarni ishga tushirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur rejalar asosida yaqin kelajakda Surxondaryoda xalqaro miqyosdagi yirik IT kompaniyalarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport hajmini oshirish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda yaqinda ish boshlagan “Pime Samarkand Logistik” kompaniyasining taqdimoti bilan ham tanishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring