Yangi rekord! Kosmosda eng ko‘p umrini o‘tkazgan odam

Ayni paytda Xalqaro kosmik stansiyada faoliyat olib borayotgan “Roskosmos” fazogiri Oleg Kononenko yangi rekord o‘rnatib, fazoda eng ko‘p vaqtini o‘tkazgan insonga aylandi.
Oldingi rekord yana bir rossiyalik fazogir Gennadiy Padalkaga tegishli edi, u 1998-yildan 2015-yilgacha jami besh marta parvoz qilib, fazoda 878 kecha-kunduz, 11 soat 29 daqiqa va 48 soniya bo‘lgan. 2024-yilning 4-fevral kuni Moskva vaqti bilan soat 11:30:08 da Kononenko fazoda o‘tkazgan umumiy vaqt Padalkaning rekordini yangiladi.
Kononenko rossiyalik kosmonavtlar otryadi komandiri bo‘lib, faoliyatidagi beshinchi parvozini davom ettirmoqda. E’tiborli jihati, shu yilning 5-iyunida, Moskva vaqti bilan soat 00:00:20 da Kononenko Yer atrofi orbitasida 1 000 sutkadan ko‘p bo‘lgan birinchi insonga aylanadi. Missiya 23 sentyabrda yakuniga yetadi, o‘shanda Kononenko vaznsizlik holatida o‘tkazgan jami vaqt 1 110 sutkadan oshadi.
Oleg Kononenko Turkmanistonning Chorjo‘y (hozirgi Turkmanobod) shahrida 1964-yilning 21-iyunida tug‘ilgan — 60 yoshini fazoda nishonlaydi!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter