WhatsApp tez orada tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi
“Yashil messenjer” ishlab chiquvchilari mobil ilovaning keng ko‘lamli qayta dizaynini tayyorlamoqda.
WhatsApp bir smartfonda bir nechta akkauntlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu ko‘pchilik tomonidan qiziqarli va uzoq kutilgan imkoniyatdir.
Bu funksiya 2.23.18.21 versiya raqamiga ega ilovaning beta-versiyasida sinovdan o‘tkazish uchun hozir ham mavjud. Qizig‘i shundaki, avval unga cheklangan miqdordagi testerlar qabul qilingan.
“Ko‘p akkaunt” funksiyasi foydalanuvchilarga bir xil qurilmadagi turli WhatsApp akkauntlari o‘rtasida almashish imkonini beradi, bu ayniqsa bir nechta telefon raqamiga ega inonlar uchun foydalidir.
WhatsApp yaqinda surat va videolarni yuqori aniqlikda yuborish imkoniyatini qo‘shdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter