Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

WhatsApp chatlar uchun uchta filtrni taqdim etdi

WhatsApp chatlar uchun uchta filtrni taqdim etdi

Foto: Webwise

WhatsApp chatlarida ma’lumot qidirish oddiy va qulay bo‘lishi, qidiruvga vaqt sarflamaslik uchun ishlab chiquvchilar yangi funksiya – chatlar uchun filtrlarni ishga tushirmoqda.

Chatlar ro‘yxatiga uchta filtr qo‘shildi: "Hammasi",  "O‘qilmagan" va "Guruhlar". Tanlash uchun filtrni bosishning o‘zi kifoya.

  • Hammasi. WhatsAppdagi barcha xabarlaringiz.
  • O‘qilmagan. Ushbu filtr sizning javobingizni kutayotgan suhbatlarni ko‘rsatadi. Bu turkumga o‘qilmagan xabarlar va siz o‘qilmagan deb belgilagan xabarlar kiradi.
  • Guruhlar. Endi guruh suhbatlari bitta bo‘limda. Ko‘pchilik foydalanuvchilar oilaviy chat bo‘ladimi yoki ta’til rejalarini muhokama qilish bo‘ladimi, muhim suhbatlarga tezroq yetib borishga yordam berish uchun ushbu xususiyatni so‘rashgan. Endi kerakli ma’lumotlarni topish qiyin bo‘lmaydi. Jamoalarning kichik guruhlari ham ushbu toifaga kiritilgan.

Ishlab chiquvchilar kelajakda funksiya takomillashtirilishi va yanada rivojlanishini ta’kidladilar.

Yangilanish kelgusi haftalarda hamma uchun mavjud bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring