Uch oyda axborot va aloqa sohasida 801 ta yangi korxona tashkil etildi — Statistika agentligi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar–mart oylarida axborot va aloqa sohasida 801 ta yangi korxona tashkil etilgan.
Axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 barobarga oshgan.
So‘nggi yillarda axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni (yanvar–mart oylarida):
- 2019-yil — 370 ta;
- 2020-yil — 488 ta;
- 2021-yil — 704 ta;
- 2022-yil — 615 ta;
- 2023-yil — 801 ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter