Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toyota muhandislari robotlarni tarbiyalamoqda

Toyota muhandislari robotlarni tarbiyalamoqda

Foto: Infuture.ru

Yaponiyaning Toyota korporatsiyasi muhandislari neyron tarmoqlar orqali robotlarni ijodkorlikka chorlamoqda. Ular robotlarni murakkab va nozik harakatlarni bajarishga o‘rgatish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usulni yaratishdi. O‘quv jarayonida robotlar neyron tarmoqlari yordamida yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Ma’lumki, zavod robotlari stakanga suv to‘ldirish yoki sendvichga sariyog‘ surtish kabi ko‘plab nozik ishlarni bajara olmaydi. Yangi dasturga ko‘ra, robotlarga maxsus o‘qituvchilar - muayyan harakatlarni bajarishni ko‘rsatuvchi odamlar biriktirilgan.

Vazifalarning ijodiy qismi neyron tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi, ular kameralar va sensorlar orqali odamlarning xatti-harakatlarini tahlil qiladi, keyin esa robotlarni o‘rgatadi. Muhandislarning ta’kidlashicha, robotlar atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishni va vazifalarni ijodiy bajarishni o‘rganmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring