Toshkentlik "sohibjamol yigit" qo‘lga tushdi
Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 33 yoshli (erkak) P.O. Telegram orqali noma’lum akkaunt egasi tomonidan uning pullari talon-toroj qilinganligini ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi o‘zini sohibjamol ayol sifatida tanishtirgan shaxs aslida 29 yoshli (erkak) A.J. bo‘lib chiqdi.
U o‘zining Telegram kanalida P.O. bilan ayol sifatida tanishib, unga pul evaziga intim xizmat taklif qilgan. Oldindan uning 500.000 so‘m pulini o‘zining bank kartasiga o‘tkazdirib olgan, so‘ng uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermasdan, "qora ro‘yxat"ga kirgizib qo‘ygan.
Jinoyat sodir etgan A.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qism “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qonunga muvofiq, A.J. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter