Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tinmay ishlaydiganlarga charchaganini eslatuvchi gadjet

Tinmay ishlaydiganlarga charchaganini eslatuvchi gadjet

Foto: Hi-tech.mail.ru

AQShning shimoliy-g‘arbiy universiteti olimlari ishga mukkasidan ketib, charchoq nimaligini bilmaydigan insonlar uchun maxsus gadjet ishlab chiqardi. U ovoz orqali horg‘inlikni aniqlaydi va egasiga charchaganini eslatib qo‘yadi.

Tomoqning tagiga yopishtirib qo‘yiladigan vosita hajman pochta markasidek keladi. Lekin mittigina bo‘lsa ham o‘zida Bluetooth, mikrofon, harorat sensori, yurak urishi va nafaslar faolligini monitoring qiluvchi datchiklarni mujassamlashtirgan.  

Gadjet charchoqni ovozingizdan sezadi. Ovozingiz o‘zgarsa - tovushlar sekin va past chiqsa, ketma ket yo‘tal tutsa, smartfon yoki aqlli soatingizga xabar jo‘natadi. Qurilma kichkina batareyadan quvvatlanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring