Termizda ham BPO markazi ochiladi
Surxandaryo viloyati, Termiz shahrida “Prime Samarkand Logistik” kompaniyasining yangi filiali ochilishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarning asosiy maqsadi viloyat aholisi, ayniqsa, yoshlar uchun logistika sohasida yangi imkoniyatlar yaratish, sohaga oid bilim va tajriba berish hamda imtihon asosida ishga qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari Safety, Fleet management, Accounting va Dispatcher yo‘nalishlarida amaliy darslar o‘tishdi.
Yangi filialning ochilishi viloyat yoshlarini yuqori daromadli ish bilan ta’minlanish, iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish va ularning salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Tadbir yakunida ingliz tilini biladigan 200 ga yaqin yoshlar o‘quv amaliyotida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar rasmiy ishga qabul qilinadi.
Mazkur loyiha doirasida 100 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektoring taklifiga binoan tez kunlarda tumanda 100 o‘rinli BPO markazi tashkil qilishga kelishib olindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter