Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Technovation Girls Uzbekistan 2025” xalqaro tanlovining yangi mavsum ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbegim qizlari uchun yirik STEM dastur — “Technovation Girls Uzbekistan” xalqaro tanlovining yangi mavsumi boshlandi.

Ushbu dastur Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va “Yandex Uzbekistan” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Tech4Impact” tomonidan tashkil etildi.

Joriy yilning 18-fevral kuni dasturni ishga tushirish bo‘yicha tadbirlar Respublikamiz bo‘ylab birdaniga 6 ta shaharda – Toshkent, Andijon, Namangan, Nukus, Urganch va Farg‘onada bo‘lib o‘tdi.

Technovation Girls —qizlar uchun xalqaro texnologik tanlov bo‘lib, har yili dunyoning 70 dan ziyod mamlakatida o‘tkazildi.

Tanlovning maqsadi — ishtirokchi qizlarga moslashuvchan ko‘nikmalarni berish va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun ularni IT texnologiyalarga, dasturlash imkoniyatlariga va sun’iy intellektga hamda texnologik sohalardagi tadbirkorlikka qiziqtirishdan iborat.

12 haftalik dastur marketing, dasturlash, biznesko‘nikmalar va taqdimot ko‘nikmalari bo‘yicha o‘rgatuvchi modullarni o‘z ichiga oladi. 

Qizlar mobil va veb-ilovalar yordamida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilishni o‘rganadilar va BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha innovatsion SI dasturlarni ishlab chiqadilar.

Buning uchun esa ishtirokchilardan dasturlash tajribasi talab qilinmaydi.

Har bir jamoa 3 oy mobaynida mentorlar yordamida ijtimoiy yo‘naltirilgan mobil yoki veb-ilovani yaratishi, loyihaning biznes rejasini yozishi va loyiha haqida video tasvirga olib, o‘z loyihasini tanlov finalida taqdim etishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston jamoalari quyidagi mavzularda mobil ilovalarni ishlab chiqadi:

  • ta’lim sifatini yashilash uchun sun’iy intellektdan foydalanish,
  • nogironligi bor odamlarga yordam berish va maktablarda bullingni pasaytirish,
  • daraxt ekish va havo sifatini kuzatish,
  • yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish,
  • moliyaviy firibgarliklar holatlarini kamaytirish,
  • ayollarning imkoniyatlari hamda huquqlarini kengaytirish va boshqa mavzular.

“Technovation Girls Uzbekistan” tanlovida qatnashish uchun 2025 yil 1 martgacha ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Tanlovda mamlakatning barcha hududlaridan 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar taklif etiladi. Offlayn-treninglar va seminarlar 6 ta shaharda o‘tkaziladi: Toshkent, Andijon, Namangan, Nukus, Urganch va Farg‘ona. Onlayn-seminarlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoalar qatnashishi mumkin. Dasturda qatnashish mutlaqo bepul.

“Technovation Girls Uzbekistan 2025” dasturi 2025 yil may oyida loyihalar ko‘rgazmasi va barcha jamoalar va mentorlarni mukofotlash bilan yakunlanadi.

Xalqaro finalga chiqqan jamoalar o‘z loyihalarini Kaliforniyada butun dunyodan qatnashgan 15 ta eng yaxshi jamoalar qatorida taqdim etadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring