TATUda “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi ochildi

Bugun, 30-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Markaz davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar doirasida tashkil etildi. Ushbu maskan yoshlarni milliy tarix, madaniyat va ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Markazning asosiy yo‘nalishlari:
– Milliy hunarmandchilik – an’anaviy san’at va hunarmandlik namunalari;
– Jadidlar burchagi – jadidchilik harakati namoyondalarining hayoti va merosi;
– Renessans poydevori namoyondalari burchagi – buyuk allomalar va mutafakkirlar haqida ma’lumotlar;
– Said Ahmad va Saida Zunnunovalar muzeyi – taniqli yozuvchi va shoirlarning ijodiga bag‘ishlangan ekspozitsiya;
– “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” burchagi – mamlakat taraqqiyotiga oid materiallar;
– Ijodkor yoshlar klubi – talabalarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maydonchasi.
Mehmonlarga markaz faoliyati, jumladan, Ijodkor yoshlar klubi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari, zo‘ravonlikka qarshi va gender tenglik bo‘yicha guruhlar hamda psixologik ko‘mak xizmati haqida taqdimotlar namoyish etildi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘z takliflarini bildirishdi. Bu takliflar vazirlar tomonidan inobatga olinib, tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter