TATU fanlar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 ro‘yxatidan o‘rin oldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” — fanlar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Mazkur ro‘yxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy ta’lim tashkilotlari ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan e’lon qilingan fan reytingidan joy oldi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — Ta’lim yo‘nalishida ushbu universitet 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishida 1001+ o‘rinni egalladi.
– Shuningdek, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 301–400, Muhandislik yo‘nalishida 501–600;
– O‘zbekiston Milliy universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 601–800 o‘rindan joy oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter