Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Sun’iy intellekt va Frilansing” bo‘yicha Jamoat xavfsizligi universitetida forum bo‘lib o‘tdi

“Sun’iy intellekt va Frilansing” bo‘yicha Jamoat xavfsizligi universitetida forum bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" davlat muassasasi hamkorligida tadbir tashkil etilib, unda Toshkent shahar talabalarining 100 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.

Forumda tadbir ishtirokchilariga sun’iy intellektning imkoniyatlari va uni frilansingdagi roli haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Markaz xodim-ekspertlari sun’iy intellektning frilanserlar uchun qay tarzda foydali bo‘lishi, ularning ishini qanday osonlashtirishi va yangi imkoniyatlarni yaratishi haqida ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek, forumda muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri sun’iy intellektning rivojlanishi bo‘ldi. Yoshlarga sun’iy intellektni o‘z ishlariga integratsiya qilish va bu texnologiyadan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring