Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smaylikni erkaklar yaxshi tushunadimi yoki ayollar?

Smaylikni erkaklar yaxshi tushunadimi yoki ayollar?

Foto: Ferra.ru

Italiyalik olimlarning aniqlashlaricha, erkaklar tabiiy yuz ifodalaridan ko‘ra smayliklardagi kayfiyatni yaxshiroq farqlaydilar. Ayollar esa aksincha: insonlarning o‘zini ko‘rib his-tuyg‘ularini to‘g‘ri anglaydilar, rasm yoki smayliklardan kayfiyatni o‘qib olishga unchalik usta emaslar.

Tadqiqotda 96 nafar talaba qatnashdi. Ularga fotosuratlar orqali ayollar va erkaklarning o‘y-kechinmalarini tezkor baholash vazifasi topshirildi. Ikkinchi topshiriq ana shu kayfiyatga monand smaylik tanlash edi. Natijada erkaklar buni yaxshiroq aniqlashlari ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa, qayg‘u, g‘azab, nafratli qiyofalarni to‘g‘ri topa olar ekanlar.

Ayollarda yuzma-yuz ko‘rishganda suhbatdoshning his-tuyg‘ularini bilib olish qobiliyati yuqori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring