Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfon yordamida jarohatlarga aniq tashxis qo‘yish mumkin

Smartfon yordamida jarohatlarga aniq tashxis qo‘yish mumkin

Foto: Mestamidin

Kanada va Meksika olimlari hamkorlikda Swift Ray 1 qurilmasini ishlab chiqdilar. U smartfonga ulanadi va infeksiyalangan yaralarni aniqlashda qo‘l keladi.

Swift Ray 1 dunyodagi birinchi giperspektral qurilma bo‘lib, cho‘ntakka sig‘ib ketadi. Jarohatlar joyida hosil bo‘ladigan issiqlikni ushlab turadi, bu esa shifokorlarga yallig‘lanish va infeksiyani ajratishga yordam beradi.

Algoritmdan foydalangan holda tadqiqotchilar infeksiyalangan jarohatlarning 100 foizini va zararlanmagan jarohatlarning 91 foizini aniqlashdi.

Qurilma smartfonga ulanganida tegishli dastur bilan ishlaydi. Bitayotgan yarada ma’lum darajada qizarish bo‘lishi sababli shifokor yaraning normal yallig‘lanishdan potensial jiddiy infeksiyaga qachon o‘tganini aniqlash juda qiyin bo‘lishi mumkin. Yangi qurilma esa tashxisni osonlashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring