Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Simsiz quvvatlagichdan foydalanayotganda ahamiyat bering!

Simsiz quvvatlagichdan foydalanayotganda ahamiyat bering!

Simsiz zaryadlash turli gadjet foydalanuvchilari orasida tobora ommalashib bormoqda. Biroq, bu funksiyadan to‘g‘ri foydalanish muhimdir.

Bugungi kunda ko‘plab flagman smartfonlar simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin sotib olishdan oldin, telefon modeli tanlangan zaryadlovchiga mos kelishiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Buning uchun qurilma Qi standartini qo‘llab-quvvatlashini tekshiring. Agar ushbu standartni qo‘llab-quvvatlamasa, maxsus adapter sotib olishingiz mumkin.

Quvvatlanayotganda smartfon qurilmaning markazida bo‘lishi muhim. Aks holda, u quvvat manbaidan uziladi. Bu akkumulyatorning haddan tashqari qizib ketishi va beqaror zaryadlanishiga olib keladi.

Ko‘pincha odamlar smartfonni qalin yoki metall korpusli, orqa panelda kartalar yoki tangalar bilan zaryadlashga harakat qilishadi. Bu zaryadlash to‘g‘ri ishlamasligi va telefoningiz batareyasiga zarar etkazishi mumkin.

Bundan tashqari, faqat rasmiy ruxsat berilgan zaryadlovchi qurilmalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring