Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoshilinch operatsiyani shifoxonadan tashqarida o‘tkazish yo‘li topildi

Shoshilinch operatsiyani shifoxonadan tashqarida o‘tkazish yo‘li topildi

Foto: Techcult.ru

SurgiBox kompaniyasi tomonidan Massachusets texnologiya instituti ko‘magida ishlab chiqilgan operatsion xonacha (SurgiField) insonlar hayotini saqlab qolishda ko‘maklashmoqda. Yangi ixcham tizim shifoxonadan tashqarida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. U tez yig‘iladi va ryukzakda olib yurish mumkin.

Операционная SurgiField

Tizim uchta asosiy komponentdan iborat: aqlli boshqaruv moduli, katta hajmli lityum batareya va bir martalik jarrohlik pufagi. Foydalanish vaqtida u tananing jarroh aralashuvi talab qilinadigan qismiga joylashtiriladi. Ichkariga filtr bilan oldindan tozalangan havo yetkazib beriladi. Shifokor qo‘llarini ikkita maxsus teshikka tiqib, ishga kirishadi. Shaffof yelim operatsiya davomida vizual nazorat qilishga sharoit yaratadi.

Операционная SurgiField

To‘plamning 50 tasi Ukrainaga yetkazilgan va ular allaqachon 31 kishining joniga ora kirgan. Ixtirochilar endi uni "Chegara bilmas shifokorlar" xalqaro tashkilotiga berishni rejalashtiryaptilar. Operatsiyalarga yangicha yondashuv butun dunyo bo‘ylab tabiiy ofatlar va qutqaruv missiyalari samaradorligini oshirishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring