Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sholga chalingan bemor mustaqil yeb-ichishni o‘rgandi. Bu - neyroimplantning sharofati!

Sholga chalingan bemor mustaqil yeb-ichishni o‘rgandi. Bu - neyroimplantning sharofati!

Foto: Ixbt.com

Sinxua universiteti olimlari Neural Electronic Opportunity (NEO) deb nomlangan neyroimplant yordamida falaj bo‘lgan bemorning ba’zi motor funksiyalarini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

Bemor avtohalokat oqibatida umurtqa pog‘onasi shikastlanganidan so‘ng 14 yildan beri barcha a’zolar falajligidan aziyat chekayotgandi. Chip o‘tgan yilning kuzida o‘rnatildi va endi u bir necha oylik mashg‘ulotlardan so‘ng bir shisha suv olishga muvaffaq bo‘ldi. Bemor endi mustaqil ravishda yeb-ichishi mumkin va yana ko‘plab harakatlarni bajarish qobiliyatini tiklay oladi.

Implant nerv signallarini qabul qiladi va ularni simsiz ravishda bosh terisiga biriktirilgan tashqi qabul qiluvchiga yuboradi. Keyin signallar qayta ishlanadi va taqiladigan qo‘lqop qurilmasiga uzatiladi, uning yordamida odam turli xil narsalarni olishi mumkin.

Bu Xitoyda birinchi bo‘lib inson miyasiga implant o‘rnatilgan bo‘lib, bundan oldin hayvonlar ustida sinovlar o‘tkazilgan. NEO tizimi 10 yil davomida ishlab chiqilgan va o‘tgan yilning kuzida olimlar birinchi marta inson ishtirokida tajribalar o‘tkazish uchun hukumat ruxsatini olishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring