Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Koreya kriptovalyutadan foydalanyapti, Janubiy Koreya bunga chek qo‘ymoqchi

Shimoliy Koreya kriptovalyutadan foydalanyapti, Janubiy Koreya bunga chek qo‘ymoqchi

Foto: Aytishnik

Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyaning kriptovalyuta aktivlarini kuzatish va yo‘q qilishni rejalashtirmoqda.

Mamlakat axborot xavfsizligining ishlanayotgan yangi strategiyasida Shimoliy Koreyaning kriptovalyutalardan foydalanishiga qarshi kurashish ham ko‘zda tutilyapti. Ta’kidlanishicha, shimolliklar qurollanish, xususan, raketalar ishlab chiqarish dasturini molyalashtirishda kriptovalyutadan foydalanmoqda.

KXDR kriptovalyutalarni xakerlar orqali undiryapti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda shimoliy koreyalik xakerlar taxminan $3 mlrd qiymatidagi raqamli pul belgilarini o‘g‘irlashgan. Ayniqsa, 2022-yil ular uchun “barakali” keldi: KXDR xakerlari $1,7 mlrd qiymatidagi kriptovalyutalarni o‘g‘irlashlari ortidan mamlakatning raketalar dasturi ancha jonlanib qoldi. 2023-yilda shimoliy koreyalik xakerlarning ovi uncha baroridan kelmayapti: “bor-yo‘g‘i” $200 millionlik raqamli valyuta o‘marishdi, xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring