Sharq ayoli IT-gigantga prezident bo‘ldi
Mashhur "Kelinlar qo‘zg‘oloni" filmidagi "Ozodlikka chiqqan Sharq ayollari endi hokimiyat tepasiga chiqishmoqchi" degan jumla yodingizdadir. Bugungi kun ayollari ham ilg‘orlikda bo‘sh kelishmayapti. Masalan, Samsung Electronics kompaniyasi tarixda ilk bor ayol rahbarning qo‘lida qoldi.
Li Yon Xi global marketing markazi prezidentligiga tayinlandi. U 2007 yilda kompaniyaga ishga kelgan, 2012 yilda vitse-prezidentlikka ko‘tarilgan edi. U Samsung Galaxy smartfonlari rivojiga katta hissa qo‘shgan. Bu yerda ish boshlagunga qadar L’Oreal kosmetika kompaniyasida ishlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter