Samsung Galaxy Z foydasi uchun S va A flagmanlaridan voz kechadimi?
Samsung o‘zining buklanadigan smartfonlariga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqchi.
Yangi avlod Galaxy Z Fold va Flip avgust oyida kutilmoqda va bu Samsung uchun juda muhimdir. Xususan, kompaniya aynan shu smartfonlarni faol ravishda targ‘ib qilmoqchi, bu bilan qisman Galaxy A liniyasi, ham Galaxy S flagmani zarar ko‘radi.
«Samsung o‘zining Galaxy A va Galaxy S seriyalari uchun sotuv strategiyasini pasaytiradi va avgust oyida chiqariladigan yangi buklanadigan telefonlarni sotishga e’tibor qaratadi. Inflyasiya qimmat smartfonlarga unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.
May oyida 600 dollardan yuqori bo‘lgan telefonlar ulushi avvalgi oy bilan bir xil, ya’ni 19 foizni tashkil etadi, ammo 100 dollardan past bo‘lgan telefonlar 26 foiz qayd etdi, bu o‘tgan yilgi mahsulotlarning eng past savdosidir. Premium telefon bozorida Apple’dan ortda qolayotgan Samsung uchun noqulay» – deydi, Kim Ji-Sang, Kiwoom Securities tadqiqot bo‘limi rahbari
Oddiy qilib aytganda, Galaxy Z liniyasi Samsung‘ga ko‘proq daromad olish imkonini beradi va u ko‘proq premium maqomga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter