Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robotlar tillafurushlik qilyapti

Robotlar tillafurushlik qilyapti

Foto: Ixbt.com

Moskvada Goldex kompaniyasi birinchi robot do‘konini ochdi. Unda menejer ishtirokisiz oltinni sotish, oltin, kumush va quyma tangalarni sotib olish mumkin.

Do‘konda maslahatchi bor, lekin u faqat tizimdan qanday foydalanishni aytib beradi. Qolgan hammasi robotlarning qo‘lida. Xaridorlar mashina roboti yordamida oltinni baholashi va sotishi mumkin. Qurilma spektral tahlil va gidrostatika yordamida mahsulot og‘irligini o‘lchaydi. Sotib olishni istagan odam bank kartaga pul o‘tkazadi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni 15-20 tacha odam oltin sotish va sotib olish uchun robotlar xizmatidan foydalanadi. Mijozlarning asosiy qismi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan ayollardir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring